Vakolatli ayollar rahbarlik qilayotgan ish kuchi va ularga zarur sog‘liqni saqlash xizmatlarini ko‘rsatish

Rivojlanayotgan (va kuchaytiruvchi) sanoat

Moliyaviy inklyuzivlik va sog'liqni saqlash xizmatidan foydalanish bugungi kunda dunyodagi eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Ularning ikkalasi Bangladeshdagi ishlab chiqarilgan Tayyor kiyimida (RMG) - mamlakatning yalpi ichki mahsuloti bo'yicha eng katta ulushiga ega.
Ushbu sanoat ko'plab ayollar uchun barqaror ish bilan ta'minlash, ijtimoiy ta'minotning ayrim turlarini va ijtimoiy maqbulligini ta'minlash orqali iqtisodiy jihatdan mustahkamlandi.

Kurashish uchun zarur infratuzilma

Bu sanoat tez o‘sib borayotgani holda uni qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilma bunday tez o‘sayotgan yo‘q. 2013-yil oktabr va noyabr oylarida Gazipur shahridagi fabrikada ro‘y bergan yong‘inlar hamda 2013-yil aprelida Rana Plaza binosining qulab tushishi (1100 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi) dunyoga mashhur fojialardir.
RMG sanoatida ishlaydigan ayollar boshqa ayollarga

nisbatan ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lishi mumkin, ular quyidagilar uchun ham kurashmoqda: 87 foizi dard va kasalliklar, jumladan, to‘yib ovqatlanmaslik va kamqonlik, gigiyena sharoitlari yo‘qligi, tug‘ishdan oldin va keyingi qarovning yo‘qligi va boshqa infeksiyalar va kasalliklardan jabr ko‘radi.

Ish joyidagi salomatlik va xavfsizlik (IJSX) standartlari yaxshi himoya qilinmaydi yoki boshqarilmaydi. Bangladesh qonunlarida RMG fabrikalari bir yoki undan ko‘proq hamshirasi bor klinikaga ega bo‘lishi kerakligi ko‘zda turilgan. Biroq bu klinikalar fabrika ishchilari soni ortib borishi barobarida kengaytirilmaydi va ularning ko‘pidan past darajada foydalaniladi yoki kerakli darajada boshqarilmaydi – bu mamlakat YIMning tez o‘sishini ta’minlayotgan ayollarning o‘zlariga kerak bo‘lgan sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalana olmayotganini anglatadi.

Ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish: HERproject dasturi

Moliyaviy resurslardan va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga ilhomlantiruvchi tashkilotlar mavjud va BSR'ning HERproject dasturi shulardan biridir. U yaxshilangan salomatlik, mustahkamlangan moliyaviy imkoniyatlar va ijobiy gender munosabatlari orqali ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengatiruvchi inklyuziv ish joylarini yaratish uchun biznes bilan fuqarolik jamiyatini bog‘lovchi global, davlat va xususiy kompaniyalar hamkorligidir.

Tegishli ma’lumotlar

HERproject

Fabrika klinikasini baholash va uning faoliyatini yaxshilash: HERhealth va Takeda hamkorligi

Takeda kompaniyasi HERproject dasturidan xabar topgandan so‘ng bizni RMG fabrikalarida yaxshiroq sog‘liqni saqlash tizimiga ehtiyoj borligi to‘g‘risida o‘ylashga undadi; shundan so‘ng hamkorlik paydo bo‘ldi.

Biz 2015-yilda HERhealth dasturi bilan Bangladeshdagi 15 ta fabrika klinikalari holatini baholash hamda bu ishni boshqa joylarda qo'llash niyatida hamkorlik qildik. Ushbu baholash natijalari keyinchalik fabrikani yangilash rejalariga kiritiladi va bu klinikalar o‘sha yerda ishlovchi ayollarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun yaxshilanadi. 
Kilinikalar faoliyatini bunday tartibga solish kamida 30000 ta ishchining sog‘liqni saqlash xizmatlari va mahsulotlaridan foydalish imkoniyatini yaxshilashga yordam beradi.
Ayollarga moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini yaratish, ularga yaxshi tibbiy sharoit yaratib berish muhim ahamiyatga ega. Bu HERproject va boshqa tashkilotlar butun dunyo bo‘ylab har kuni qiladigan muhim ishning ajoyib namunasidir.