Tadqiqotlar & ishlanmalar

2.1.Research and Development_block_001

Biz tashqi dunyo bilan boshqa hech kimga o‘xshamaydigan tarzda o‘ylaydigan, harakat qiladigan va o‘zaro aloqa qiladigan dinamik R&D tashkiloti bo‘lishga intilamiz. Biz bunga bemorlarga haqiqiy innovatsiyalardan foydalanish imkonini beradigan davolash usullarini kashf qiluvchi ilg‘or ilm-fanga qo‘llab-quvvatlash orqali erishamiz.

Bizning R&D strategiyamiz

Eng katta ta’sir bilan yangi mahsulotlar yaratish uchun e’tiborimizni o‘zimiz eng zamonaviy innovatsiyalarga ega bo‘lishni xohlaydigan sohalar – onkologiya, gastroenterologiya (GI) va markaziy asab tizimiga (MAT) qaratamiz. O‘sha sohalarda bemorlar dori-darmonga o‘ta ehtiyojmand, o‘sha sohalarda chuqur ilmiy ekspertizaga tayanishimiz mumkin, o‘sha sohalarda muvaffaqiyatalarga erishganmiz va yangi innovatsion dorilarni kash qilishni davom ettirishni niyat qilganmiz. Biz global sog‘liqni saqlashda vaksinalarga suyanishni davom ettiramiz. Bemorlar oldidagi majburiyatlarimizni bajarish uchun ta’minot tizimimizni optimallashtiramiz.

Ta’minot tizimimizni davolashning muhim sohalariga e’tiborni yaxshiroq qaratish va yangi imkoniyatlardan foydalanish orqali shakllantirayapmiz. U strategik ahamiyatga ega. Biz imkoniyatlarimizni makromolekulalar, hujayra terapiyasi, genomika hamda ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish, translyatsion tibbiyot singari davolab tuzatishni rang-baranglashtirish sohalarida mustahkamlaymiz: Biz jadal tarzda o'ta yuksak malakali olimlarimiz bilan tashqi ixtirochilar o‘rtasida sinergiya yaratuvchi hamkorlik vositasiga aylanib bormoqdamiz. Biz yetakchilik, harakatachanlik va sanoatimiz ichi va tashqarisida hamkorlar bilan faol aloqa o‘rnatish va tamoyillarni izlash orqali madaniyatimizni yangilaymiz. Biz bemorlarga ko‘proq yordam qilish maqsadida yetakchilarimizni rivojantirish va xodimlarimiz tajribasidan foydalanish uchun ishbilarmonlik kayfiyatini ilgari surmoqdamiz. Biz imkoniyat va hisobdorlikning ilhomlantiruvchi madaniyatini yaratayapmiz, binobarin, tezkor qarorlar qabul qilish va ishni xatosiz bajarish ajralib turuvchi belgilarimiz bo‘ladi.

Asosiy davolash sohalarimiz

our_pipeline_block_004

Bizning asosiy davolash sohalarimiz o‘zimiz eng zamonaviy innovatsiyalarga ega bo‘lishni xohlaydigan sohalar onkologiya, gastroenterologiya (GI) va markaziy asab tizimidagi (MAT) kasallik sohalaridir. O‘sha sohalarda bemorlar dori-darmonga o‘ta ehtiyojmand, o‘sha sohalarda chuqur ilmiy ekspertizaga tayanishimiz mumkin, o‘sha sohalarda muvaffaqiyatalarga erishganmiz va yangi innovatsion dorilarni kash qilishni davom ettirishni niyat qilganmiz. Biz yana global sog‘liqni saqlashda Denge bezgagi va noriovirusga qarshi kurash dasturlarimizdan kelib chiqib, vaksinalarga suyanishni davom ettiramiz.

Innovatsiyani tan olish

Innovators in Science Award

Takeda korporatsiyasi faxr bilan homiylik qiladiganvaNyu-York Fanlar akademiyasi boshqaradigan Ilm-fandagi innovatorlar mukofoti 2016-yil noyabrida ta’sis etildi va u nevrologiya, gastroenterologiya, regenerativ tibbiyot va onkologiya davolash sohalaridagi istiqbolli yosh olim va fanga katta hissa qo‘shgan katta yoshli olimga beruiladi. Ushbu mukofot ularning ilmiy tadqiqotlarga sodiqligini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan.

Har yili 200 000 AQSh dollariga teng miqdordagi ikki mukofot bilan ma’lum davolash sohasidagi butun dunyoda ijodkorona fikrlashi va ilmiy-tadqiqot ishlariga qo‘shgan hissasi bilan nom qozongan istiqbolli yosh olim va katta yoshdagi taniqli olim taqdirlanadi.

Batafsil ma’lumotlarni www.takedainnovators.com saytidan oling


Tegishli mundarija