Kompaniya to‘g‘risida ma’lumot

Takeda butun dunyoda bemorlarni sog'aytirishga qaratilgan, odamlar salomatligini yaxshilab, ularga yorqinroq kelajak tuhfa quilishga intiluvchi innovatsiyalarga asoslangan, 235 yillik ajoyib tarixiga tayanuvchi global farmatsevtika kompaniyasidir.

70 dan ortiq mamlakat va mintaqalar bozorida hozirligi

Takeda tarmog‘i 70 dan ortiq mamlakat va Yaponiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yevropa, Lotin Amerikasi, Afrika, Yaqin Sharq va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi hududlarni qamrab oladi. Takeda farmatsevtika mahsulotlarini dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida hamkorlar (marketing bo‘yicha hamkorlar) sotadi.

Takeda korporatsiyasining mintaqalar bo‘yicha umumlashtirilgan daromadi (2016-moliya yili)

Yaponiya: 655,3 milliard iiyenaa
Amerika Qo‘shma Shtatlari: 520,2 milliard iiyenaa
Yevropa va Kanada: 279,7 milliard iyena
Rossiya/MDH: 57,5 milliard iyena
Lotin Amerikasi: 72,5 milliard iyena
Osiyo: 112,8 milliard iyena
Boshqalar: 34,0 milliard iyena
(2017-yilning 31-mart holatiga ko‘ra)

Butun dunyo bo‘ylab 30000 dan ortiq xodim

Takeda iste’dodlarni global istiqbol va rang-baranglikni qo'llab-quvvatlash nuqtai nazaridan jadallashtimoqda, xodimlarning rivojlanishi va o‘sishiga imkon beruvchi ish muhitini yaratish orqali barqaror tashkilot qurmoqda hamda xodimlar yangi dorilarni dadil kashf qilishi uchun sharoit hozirlaydigan korporativ madaniyatni rivojlantirmoqda.

Biz tashkilotimizni globallashtirish va xilma-xillikni qo'llab-quvvatlashni davom ettirish orqali odamlarning hayot sharoitini yaxshilashga intiluvchi kompaniya sifatidagi majburiyatimizni ado qilamiz.

Har bir Takeda kompaniyasi burun dunyoda mahalliy hamjamiyatlar duch kelayotgan muammolarni hal qilish uchun ishlagan hamda nodavlat tashkilotlar va notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatgan holda o‘zining biznes faoliyati bilan birga korporativ fuqarolik faoliyatini ham amalga oshiradi.
(2016-yilning 31-mart holatiga ko‘ra)

1781-yildan beri

230 yildan ortiq vaqt davomida Takeda uzluksiz o‘zgarishlar jarayonida o‘z biznesini halollik bilan rivojlantirib keldi.

Takeda 1781-yili Chobei Takeda I Yaponiya va Xitoyning an’anaviy dorilarini Osakaning Doshomachi tumanida sotish biznesini boshlab, ishga kirishgan edi. Takeda 230 yildan ortiq vaqtdan beri farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda, biz ushbu vaqt mobaynida eng yuksak axloq standartlari va vazifalaga sodiqlikni hissini qaror toptirdik. Biz ushbu vaqt mobaynida jamiyat bilan munosabatlarimizni yaxshilash uchun tinmay harakat qilib keldik. Oldinga yurish barobarida global farmatsevtika kompaniyasi sifatidagi majburiyatlarimizni ado qilishni davom ettiramiz.