Kompaniya falsafasi

Vazifa

Bizning vazifamiz tibbiyotga innovatsiyalarni kiritish orqali butun dunyo aholisi bilan birga "Yaxshiroq salomatlik va Yorqin kelajak" sari intilishdan iborat.

Maqsad 2025

Bemorlarimiz qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, ularning ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilamiz. Biz Takeda-ism orqali jamiyat va iste’molchilarning ishonchini qozonamiz. Bizga epchilligimiz va innovatsiyalarimiz va mahsulotlarimiz sifatliligi uchun zo‘r deb tan olinganmiz. Ayni holat bizga barqaror ta’minot tizimini qurish va yildan-yilga o‘sishni ta’minlashda yordam beradi

Qadriyatlar

Strategik yo‘l xaritasi

Maqsadmizga erishish uchun qadamlar strategiyamizda belgilab qo‘yilgan:
Biz Qadriyatlar, Odamlar, R&D va Biznes samaradorligiga e’tiborimizni qaratamiz, chunki ular "Maqsad 2025" tomon ilgarilab borishimizga yordam beradi. To‘g‘ri yo‘lda ekanimizga ishonch hosil qilish uchun ularni muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqish talab qilinadi.

Qadriyatlar

Takeda-ism (Halollik, Adolat, Rostlik, Tirishqoqlik) va to‘rt ustuvorlik (Sabr, Ishonch, Nufuz, Biznes) sifatiga bo‘lgan intilishimiz va hamma vaqt to‘g‘ri ish qilishimizni kafolatlash uchun ishlash usullarimizda chuqur ildiz otgan.

Takeda bemorga yo‘naltirilgan va markazida mijoz bo‘lgan tashkilot yaratmoqda. Mahalliy tashklilotlarimizga mijozlar ehtiyojiga eng yaxshi usulda qomdirish vakolatlari berilgan.
Xodimlarimiz turfa xil va moslashuvchan tashkilotda kamolga yetish va o‘sish imkoniyatiga ega.

Takeda rahbarlari strategik fikrlaydi, bemorlarga xizmat qilishning innovatsion usullarini qidirib topadi, jamiyat bilan ishonchli munosabatlar o‘rnatadi, nufuzimizni mustahkamlaydi va biznesimizni rivojlantiradi. Ular odamlarni hamkorlik qilish va tashkilotni oldinga harakatlantirishga ilhomlantiruvchi va imkoniyatlar beruvchi muhit yaratadi. Ular bir necha belgilab qo‘yilgan ustuvorliklarimizga e’tibor qaratadi va ajoyib natijalarga erishadi. Va ular tashkilotimiz imkoniyatlarini hozir va kelajak uchun yuqori darajaga ko‘taradi.

R&D

Takeda ilm-fan yutuqlarini hayotni o‘zgartiruvchi dorilarga aylantirish orqali bemorlar hayotiga ta’sir quluvchi maqsadga yo‘naltirilgan, jahon miqyosidagi R&D innovatsion tizimga ega. Biz tadqiqot borasidagi sa’y-harakatlarimizni onkologiya, gastroenterologiya (GI) va markaziy asab tizimining (MAT) o‘zimiz eng zamonaviy innovatsiyalarga ega bo‘lishni xohlaydigan davolash sohalariga yo‘naltiramiz.

Biz yana Denge bezgagi va norovirus uchun ajoyib so‘nggi bosqich vaksinalari va maxsus yurak-qon tomirlari kasalliklari bo‘yicha dastlabki tadqiqot dasturlariga egamiz. Sanoat sohasida eng yaxshi hamkorlar deb hisoblashlari uchun ham ichki, ham tashqi tadqiqotlar olib boryapmiz.

Biznes
Samaradorlik

Takeda butun dunyo bo‘ylab gastroenterologiya va onkologiya sohasidagi o‘z qat’iy buyurtmalar portfeliga egaligi sababli savdo-sotiq o‘sishini va yangi paydo bo‘layotgan bozorlardagi o‘rnini saqlab kelmoqda. Biz dori vositalarimizdan kengroq omma foyldalanishini maqsad qilgan holda foydali o‘sishni ta’minlash uchun moliyaviy intizomga ham rioya qilamiz.


Tegishli mundarija