Dunyoni o‘zgartiring – Kelajakni tasavvur qiling, hozir o‘zgartiring

Bizning maqsadimiz "bir dunyo" sifatida harakat qilishdir.
Biroq global hamjamiyat turlicha madaniyatlar, odatlar, geografik joylashuvlar va barcha turdagi ijtimoiy-iqtisodiy darajalardagi kishilardan tashkil topadi.
Biz vazifamizni jamiyatning ehtiyojlariga nazar solishda deb bilamiz.

Qarib borayotgan jamiyat bilan qashshoqlik o‘sib ketayotgani orasida bog‘liqlik bor

Dunyo aholisining qarish tezligidagi o‘tish davri

Jamiyatlarda kishilarning yoshi jadal ortib bormoqda. 2060-yilda dunyodagi yoshi 65 yoki undan katta bo‘lgan aholining soni 18,1% gacha ortishi bashorat qilinmoqda. Yaponiyada ushbu raqam 40% atrofida bo‘ladi va AQSh hamda Buyuk Britaniyada uning 25% atrofida bo‘lishi bashorat qilinmoqda hamda ular keksa kishilar soni ko‘p bo‘lgan jamiyatlarga aylanadi. Garchi bu sog‘liqni saqlash xizmatlari va yashash sharoitining yaxshilanishi tufayli odamlar uzoqroq umr ko'rishi bilan birga yana jamiyatning ishlash usuli fundamental o‘zgarishlarga uchrashini ham anglatadi.

Manba: H28 Keksa fuqaroning oq qog‘ozi

Dunyodagi qashshoqlik ko'rsatkichlarining xaritada aks etishi (2012)

Boshqa shafqatsiz voqeliq ham mavjud: 2012-yilda taxminan 896 million kishi kuniga 1,90 dollar, ya’ni dunyodagi qashshoqlik standartidan past daromadga ega bo‘lgan holda kun kechirdi. 
Qashshoqlik farqi muammosi hali hal qilinmagan.

 

Manba: Jahon banki

Duch kelinayotgan muammo:
Uzoq muddatli qarovga muhtoj kishilar sonining hamda go‘daklar o‘limi darajasining ortishi

Yaponyadagi o‘rtacha umr ko‘rish uzoqligi bilan sog‘lom hayot kechirish uzoqligi o‘rtasidagi farq

Aholisi qarib borayotgan rivojlangan mamlakatlar tez orada aholining o‘rtacha umr kechirish uzoqligi ortib borishidan iborat muammoga to‘qnash keladi.
Natijada sog‘lom hayot kechirish uzoqligi, biror kishining sog‘liq bilan bog‘liq muammolari bilan cheklanmagan holda umr kechira olish uzoqligi bilan uzoq umr kechirish o‘rtasida o‘sib boruvchi farq mavjud bo‘ladi. 
Ushbu farq uzoq muddatli qarovga ehtiyoji bor odamlar sonining ortishi bilan bog‘liqdir va u tibbiy xarajatlar va hamshira qarovi uchun to‘lovlarning ortishini anglatadi.
Bizning rivojlangan mamlakatlardagi vazifamiz yaxshiroq jamiyat qurish uchun salomatlik standartlarini yaxshilashdan iboratdir.

Manba: Sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligining "XXI asrda aholi salomatligini qo‘llab-quvvatlash kampaniyasi uchun ma’lumotnoma (Sog‘lom Yaponiya 21)(2-qism)"

Besh yoshgacha bo‘lgan bolalar orasidagi o‘lim ko‘rsatkichlari (har 1000 ta tug‘ilishga nisbatan)

Dunyo bo‘yicha eng qashshoq Janubiy-G‘arbiy Afrika mamlakatlari besh yoshgacha bo‘lgan bolalar orasidagi o‘lim bo‘yicha eng baland ko‘rsatkichlarga ega.
Buning eng asosiy sabablari qashshoqlik sabab to‘yib ovqatlanmaslik va tegishli sog‘liqni saqlash xizmatlari ko‘rsatilmasligidir.
Biz bolalarning sog‘lom o‘sishini istaymiz. Rivojlanayotgan mamlakatlardagivazifamiz vaksinalar bilan yuqumli kasalliklarni nazorat qilish yoki ularning oldini olish hamda odamlarni sifatli tibbiy xizmatlar bilan ta’minlashda yordam berishdan iboratdir.

 

Manba: UNICEF “Dunyodagi bolalarning holati – 2016”

Ilg‘or tibbiy va kasalliklarning oldini olishga qaratilgan qarov bilan sog‘lom hayot va saqlab qolish mumkin bo‘lgan hayotni qo‘llab-quvvatlash.

Sog‘lom hayotning kutilayotgan davomiyligi

Maqsad shunchaki uzoq umr ko‘rishgina emas, balki sog‘lom umr kechirish hamdir.
Takeda'ning maqsadi shunchaki yangi innovatsion dorilarni ishlab chiqish orqali salomatlik standartlarini yaxshilash bilan yashash sifatini yaxshilashgina emas, balki tibbiyot harajatlari va hamshira qaroviga sarflanadigan mablag‘larning ortib borishi kabi ijtimoiy muammolarni hal qilish hamdir.

Bolaning hayotini saqlab qolish

Sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish va vaksinalar bilan yuqumli kasalliklarni nazorat qilish va ularning oldini olish orqali aholi salomatligini yaxshilash global miqiyosda amalga oshirilgan hollarda kattaroq ta’sir kuchiga ega bo‘ladi.
Takeda ularni imkoni boricha tezroq amalga oshirish uchun jadal tadqiqotlar olib borish, davolash vositalari va vaksinalarini ishlab chiqish bilan birga yuqumli kasalliklarga qarshi choralarni va milliy sog‘liqni saqlash tizimlarini kuchaytirmoqda. Shu bilan bir vaqtda kompaniya odamlarning hayotlarini o‘zgartiruvchi korporativ ijtimoiy javobgarlik (KIJ) amaliyotlarida hamkorlik qilish uchun milliy va global hamkorlar hamda nodavlat tashkilotlarini o‘zaro bog‘lmoqda.

Takeda'ning maqsadi – hamjamiyatga sarmoya yotqizish bilan bir qatorda tadqiqotlar va dori vositalarini ishlab chiqish

Tadqiqotlar va ishlanmalar

Eng zamonaviy qurilmalar bilan sanoatda eng yuqori o‘rinda turuvchi tadqiqot muhitida biz tadqiqotchilar mulohazakorligini milliy chegaralar va sohalarni qamrab oluvchi usullarda ochib beramiz va qo‘llaymiz hamda yangi dorilarni kashf qilish uchun ishlaymiz.
Amerika Qo‘shma Shtatlari kabi rivojlangan mamlakatlarda biz qo‘li kaltaligi sababli zarur dorilarni xarid qila olmaydigan bemorlarga yordam berish dasturlarini taklif qilamiz.
Global farmatsevtika kompaniyasi sifatidagi missiyamiz odamlarning salomatligi va ijtimoiy ta’minlanganlik darajasini yaxshilashdan iboratdir.

Tegishli ma’lumotlar
T-CiRA qo‘shma tadqiqot dasturi

Hamjamiyatlarga sarmoya

Biz dunyodagi sog‘liqni saqlash xizmatlariga muhtoj ehtiyojmand kishilarga yordam berishni xohlaymiz. Ushbu maqsadni yodda tutgan holda Takeda turli xil global CSR – korporativ ijtimoiy javobgarlik dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga intiladi.
Masalan, biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti amalga oshirayotgan bolalarni qizamiqqa qarshi emlash orqali ularni himoya qilish global dasturida qatnashyapmiz.
Takeda bu ishga bosh qo‘shish orqali ijtimoiy hissasini ko‘paytirishi mumkin va bu ham bizning vazifamizdir.

Biz tibbiyotga innovatsiyalarni olib kirish orqali butun dunyoda odamlarning salomatligini yaxshilashga intilamiz.