Dunyo xizmatidagi tibbiyot

Chobei Takeda I 1781-yili o‘zining Osakadagi dorilarni yetkazib berish biznesini tashkil qilganida u sifatli mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlashga sodiqligi bilan obro‘ qozondi.

Oradan 235 yil o‘tib, o‘sha oddiy doripazlikdan boshlangan va bugungi kunda aksariyati Yaponiyaning o ‘zida ishlab chiqarilayotgan dorilar dunyoning 70 ta mamlakati va hududiga yetkazib berilayotganidan kamtarona iftixor tuyamiz.

Bitta dorining faqat bemorlar hayotigagina emas, balki butun oilalar va hamjamiyatlarga qanchalik yengillashtiruvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bilgan holda biz yangi davolash vositarini kashf qilish va ishlab chiqishga intilamiz.

Olimlarimizga eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar yordam beradi va ularni butun tadqiqot hamjamiyatimizning bilim va tajribasi qo‘llab-quvvatlaydi.

Biz tibbiyotga innovatsiyalarni kiritish orqali butun dunyodagi odamlarni sog'lomlashtirish yo‘lida o‘zimiz qiladigan barcha ishlar markaziga bemorni qo‘yamiz.