Global Sog‘liqni saqlash tizimlarini mustahkamlash uchun dorilardan boshqa narsalardan foydalanish

Takeda'ning AtM strategiyasi to‘g‘risida

Rivojlanayotgan mamlakatlarda har uch odamdan biri asosiy dorilarni muntazam ola bilmasligi hisoblab chiqilgan. Hattoki rivojlangan deb hisoblanuvchi mamlakatlarda ham tibbiy davolanish uchun o‘z hamyonidan to‘lashi kerak bo‘lgan bemorlar ko‘pincha o‘zlariga zarur bo‘lgan tibbiy xizmatlardan foydalanish va dorilarni sotib olishda qiynaladi. Jug‘rofiy to‘siqlar chekka joylardagi aholiga xalal beradi, standartlarga javob bermaydigan sog‘liqni saqlash infratuzilmalari ishonchli tashxislashni cheklab qo‘yadi va aniq tibbiy bilimlarga juda kam sonli mutaxassislar egadir. Bunday to‘siqlar jiddiy ehtiyojga ega bo‘lganlarni davolashni qiyinlashtiradi.

Qarov sohasida yaratilayotgan qulayliklar, klinik innovatsiyalar va dorilarni yetkazib berish rivojlanayotganiga qaramasdan, undan foydalanish butun dunyo bo‘ylab ko‘pchilik aholining sog‘ligini saqlash uchun asosiy muammoligicha qolmoqda.

Qondirilmagan ehtiyojlarga e’tibor

Takeda korporatsiyasi global hamjamiyatning bir qismi sifatida sa’y-harakat va yondashuvini qaytadan Dori vositalaridan foydalana olish (AtM) strategiyasiga qaratdi. Kompaniya ko‘p yillar davomida mahsulot, mablag‘lar va foydanish imkoniyatini mintaqaviy ehtiyojlarga asoslangan holda taqdim etib keldi. Yangi AtM strategiyasi ehtiyojeng kam qondirilgan joylar va terapiya sohalariga e’tiborni qaratishga asoslanadi.

Ushbu joriy holatlarni yaxshilash uchun Takeda korporatsiyasining AtM strategiyasi.

Takeda korporatsiyasining AtM strategiyasi bemorga qaratilgan korporativ falsafa va boshqa muhtojlarga yordam berish merosiga asoslanadi. Har yili yuqumli bo‘lmagan kasalliklardan vafot etadigan 38 million kishining to‘rtdan uch qismi – yoki 28 millioni – past yoki o‘rtacha daromadga ega bo‘lgan mamlakatlardandir.

Afrikadagi Ilg‘or tajriba markazi

AtM dasturlari narxlash strategiyalari va yashash standartlarini yaxshilashdan tortib vaksinalarni ishlab chiqish va taxshxislash imkoniyatlarigacha bo‘lgan sog‘liqni saqlash xizmatlariga nisbatan turlicha ehtiyojlarni aks ettiradi. Afrikaning Sahroi Kabirdan janubda joylashgan mamlakatlarida Takeda tibbiy xizmat va dorilarga bo‘lgan notijoriy yondashuv tashabbuskori bo‘ldi. U yerda Ilg‘or tajriba markazi (ITM) onkologiya/ gematologiya kasalliklarini tashxislash va davolash borasida barqarorlikni ta’minlaydi. Keniyada joylashgan ushbu ITM butun mintaqada davolash uchun asosiy dorilarini tanlashda mahalliy hamkorlar bilan ishlaydi.

Bemorlarga yordam berishning global dasturi

Bemorlarga yordam berish dasturlari (BYBD) Takeda korportasiyasi AtM strategiyasining asosini tashkil qiladi, ular davolanish uchun puli yetmaydigan bemorlarni moliyaviy ko‘mak bilan ta’minlaydi. Aksariyat BYBD bozor munosabatlari endi qaror topayotgan mamlakatlarda moslashtirilgan narxlarni qo‘llaydi; odatda bu yerlarda bemorlar sog‘liqni saqlash xizmatlari uchun o‘z cho‘ntagidan pul to‘laydi. Maqsad tashxis qo‘yilgan va Takeda onkologiyasi yoki oshqozon-ichak kasalliklari uchun dorilar tavsiya qilingan har qanday bemorning "imkoniyatiga qarab to‘lash"ga asoslangan davolash xizmatidan foydalana olishidan iboratdir. Takeda BYBD dasturini allaqachon Tailandda ishga tushirdi va yil oxiriga borib uni Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi va Yaqin Sharqdagi yana o‘nta mamlakatda yo‘lga qo‘yishni maqsad qilib olgan.

Takeda korporatsiyasi AtM strategiyasining boshqa tayanchi

Takeda korporatsiyasi AtM strategiyasining boshqa tayanchi korporativ ijtimoiy javobgarlik dasturlaridir, kompaniya o'sha dasturlar orqali nomutanosib ta’sirga uchragan aholi va rivojlanib kelayotgan sog‘liqni saqlash tizimlariga ega hududlarga moliyaviy yordam ko‘rsatadi. Ushbu dasturlar "dorilardan boshqa narsalardan foydalanish" strategiyasining bir qismi sifatida Braziliya, Ukraina va Filippin kabi rivojlanib kelayotgan sog‘liqni saqlash tizimlariga ega mamlakatlarda kasalliklarning oldini olish va mahalliy imkoniyatlarni yaratishga mo‘ljallangandir. Masalan, Braziliyada ushbu amaliyot mamlakatning kichik shaharlarda infuziya markazlarini tashkil qilishni o‘z ichiga oladi.

Takeda korporatsiyasi birgalikdagi va hamma foydalanishini ta’minlovchi yondashuvlar orqali bemorlar tuzalishida ko‘maklashishga intiladi, ayni yondashuv natijasida eng yangi va innovatsion dorilarimizni muhtoj bemorlarga yetkazib berish yo‘lida asosiy manfaatdor tomonlar sa’y-harakatlarini birlashtirish imkoni tug‘iladi. Biz bir qator rivojlanib borayotgan bozorlarda bemorlarga yordam berish bo ‘yicha kompleks dasturlarni ishga tushirdik. Istagimiz Takeda korporatsisiyasining bemorlarga ular hayotini saqlab qolishi mumkib bo‘lgan dorilarini ola bilish imkoniyatini yaratishdir.

- Giles Platford, Prezident, Rivojlanib kelayotgan bozorlardagi biznes yurituvchi korxona -


Tegishli mundarija