Bemorlar his qiladigan narsalarni bilish uchun Immersive Employee tashabbusidan foydalanish

#InTheirShoes xodimlarga ichak yallig‘lanishi kasalligi (IYK) bilan og‘rigan bemorlar hayotini immitatsiya qilishga imkon beruvchi tajribadir.

Tasavvur qiling, majlisda yangilangan loyihani taqdim etmoqchi bo‘lganingizda to‘satdan hojatxonaga borish zaruriyati tug‘ilib qoldi. BeseyTeo payshanba kuni tushdan keyin smartfoni orqali olgan xabardan so‘ng aynan shuni “boshidan kechirdi. Bu #InTheirShoes modellashtirishining 2-kuni bajariladigan ish edi. U 20 ta kishi bilan birga Takeda korporatsiyasining Singapur ofisida real modellashtirishda qatnashdi. Bundan maqsad ichak yallig‘lanishi kasalligi (IYK) oqibatlarini hamda bemorlar har kuni nimalarni boshidan kechirishini va kasallikni qanday qilib yaxshiroq davolashni tushunib olish edi.

 

Dunyoda besh milliondan ortiq kishi uchun Besey boshidan kechirgan modellashtirilgan noqulaylik aslida simulyatsiya emas; u IYK bilan og‘rigan tipik bemorning kundalik hayot tarzidir. IYK bilan og‘rigan ko‘pgina kishilar har kuni surunkali toliqish, ko‘ngil aynishi, qayd qilish va eng yomoni — oshqozondagi azobli, falaj qiluvchi va oldindan aytib bo‘lmaydigan og‘riq bilan yashaydi. IYK bilan yashash bemorning jismoniy va ruhiy holatiga, binobarin, uning ijtimoiy munosabatlari, oila hayoti va ish yoki o‘qishga ta’sir ko‘rsatadi.

 

— Biz doimo bemorlarni asosiy e’tibor qaratish shartligi haqida eshitamiz, — dedi Teo. — Bu Takeda korporatsiyasi xodimlari uchun bemorlar nimalarni boshidan kechirishini bilib olishning eng yaxshi yo‘lidir. Eng muhimi Takeda korporatsiyasida bajarayotgan kundalik ishimiz bemorlarga yordam berayotganidan faxrlanamiz.

Ikki kunlik #InTheirShoes dasturini Takeda korporatsiyasi Tsyurich ofisining Korporativ aloqalar bo‘limi tayyorladi va u xodimlarni kasallikdan ogoh qilishning “boshqacha usuli” edi. Loyiha rahbari Odri Lixti va jamoa a’zolari hamkasblari uchun tajribani imkoni boricha hayotga yaqinlashtirishni istadi. Tajriba dasturi Takeda korporatsiyasi Tsyurich ofisida 2015-yil dekabrida 22 qatnashchi bilan boshlandi.

— Xodimlar mahsulotlarimiz foydali ekanini bilgani holda IBD kabi kasallik bemorlar hayoti va kundalik faoliyatiga qanday ta’sir qilishini tushinish har doim ham oson emas, — deya tushintiradi Lixti.

Tajribani yetkazib berish jamoasi a’zolari mobil telefon tizimidan foydalangan holda qatnashchilarning telefonlariga SMS xabarlarini yuborib turdi va ularni IYK bilan og‘rigan bemor boshidan kechiradigan jarayondan boshlab o‘tdi. Garchi bunday modellashtirish hech qachon IYK bilan bog‘liq og‘riqni takrorlay olmaydi, ammo bunday xabarlar odatda bemor qachon og‘riqni his qilishi mumkinligi yoki uning boshidan kechirganlari, ovqatlanishdagi cheklovlari yoki vaqt bilan bog‘liq boshqa holatlar to‘g‘risidagi eslatmalarni o‘z ichiga oladi. Bemorning haqiqiy hayotida bo‘lgani kabi ushbu modellashtirish chog‘ida xabarlarga tezkor javoblar juda muhim bo‘lgan edi. IYKdan aziyat chekayotganlarning holatini yaxshiroq tushinish uchun modellashtirish doirasida bunday qila olmaslik noqulay "hodisalar"ga sabab bo‘lishi mumkin edi.

 

— Tajribaning eng qiyin qismi ish jarayonidagi uzilishlarni bartaraf qilish bo‘ldi. Men uchrashuv yoki muhokamani juda bezovta holda tark etishdan muntazam ravishda uyalar edim, — dedi Tsyurixdagi bir qatnashchi. — Men hech qachon biror narsani hattoki bir soatga bo‘lsa ham oldindan rejalashtira olmasdim, chunki men muntazam mavhumlikda yashayotgan edim.

Uzoqroq modellashtirish masalalari bo‘yicha "bemorlar" batafsil elektron xatlarni oldi. Davolovchi shifokorlar, menejerlar yoki boshqa hamkasblardan olingan yangiliklar telefon qo‘ng‘iroqlari orqali yetkazildi va tajriba o'tkazayotgan jamoa mutaxassislar bilan yuzma-yuz uchrashuvlarni qaytadan tashkil qildi. Bu mashqning maqsadi IShK bilan yashash va uni boshqarish qiyinchiliklarini hamda uning bemorlarning kasbiy va shaxsiy hayotiga ta’sirini o‘rganishdan iborat edi.

Qatnashchilar tajriba o‘tkazilayotgan davrda boshidan kechirganlari va bu hol ular nimalarni his qilishga majbur qilganini yozib borish uchun kundalik yuritdi.

— Garchi cheklovlar faqat modellashtirilayotgan bo‘lsa-da, ular bemorlar va Shvetsariyadagi Ichak yallig‘lanishi kasalliklaridan (IYK) himoya qilish guruhi yordamida yaratildi va bemorlar his qiladigan holatga juda yaqin keladi, — deydi Lixti.

Modellashtirish natijalaridan juda qimmatli ma'lumotlar olindi: qatnashchilar bilan 1000 dan o‘rtiq o‘zaro aloqa, 172 marta hojatxonaga borish, bemorlarning oltita "tagini bulg‘ab qo‘yishi" va to‘rt marta mutaxassislar qabuliga kelish.

Bir qatnashchi "hojatxonadan foydalanish" uchun badminton o‘yinini to‘xtatishiga to‘g‘ri keldi, boshqasi esa qizi bilan bo‘lgan suhbatni aytib berdi, bunda u nima uchun uning taomnomasi to‘satdan o‘zgarganini tushintirdi. Bularning barchasi ularning oddiy kundalik hayotlariga qo‘shimcha ravishda ro‘y berdi va eng to‘g‘ri xulosaga sabab bo‘ldi: IJK bemorning rejasi bo‘yicha ishlamaydi.

Tsyurixdagi dastlabki tajribadan keyin dastur ikkinchi marta taklif qilindi va hozir Takeda korporatsiyasining boshqa ofislarida o‘zlashtirilmoqda va qo‘llanmoqda. Takeda korporatsiyasining Singapur, Kanada, Fransiya va Daniyadagi ofislarida 300 ga yaqin xodim tashabbusda ishtirok etdi. Takeda korporatsiyasi Kanadadagi ofisining aloqalar bo‘limi boshlig‘i Natasha Rafael tashabbusning qatnashchilarga tajribaning "yuvosh qiluvchi va murakkab" deb tavsiflanuvchi versiyasini sinab ko'rishga rahbarlik qildi.

— Ayni tajriba kasallikning qanchalik darajada og‘ir bo‘lishi mumkinligi va inson oddiy hayot kechirish uchun ne qadar kuchli bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida tushuncha berdi, — dedi Takeda korporatsiyasning Kanadadagi ofisi xodimi Edvard Feiju. — Men hojatxona topish bilan ovora bo‘lganim sababli qizimning futbol o‘yinidagi katta golini deyarli ko‘rolmay qoldim. Hojatxona topish uchun yugurishim kerak edi. Men buni o‘z vaqtida qildim. Men bu shunchaki qizim uchun g‘alaba emas, balki kasallik ustidan qozongan g‘alabam ekanini his qildim.

Lixti ushbu ajoyib dasturda boshqalar ham qatnashayotganini ko‘rib xursand bo‘ladi. Siz hech qachon IJK bilan og‘rigan bemor har kuni qanday ashvolga tushishini tushuna olmasligingiz mumkin. Ammo tajribada qatnashgan ayol bilan uning hamkasblari ta’sir qanday bo’lishini his qiladigan bo‘ladi. — Pirovardida bemorning holatini tushunishimiz ishimizni yanada ma’noliroq qiladi...va agar biz muammolarga yechim topa olsak, bu yanada yaxshiroq bo‘ladi.

Jamoa dasturni kangaytirib, unga Yaponiya, Belgiya va Italiyani qo‘shib olmoqchi. Maqsad imkon qadat ko‘proq kishilarga IJKning haqiqiy ta’sirini bilib olish imkoniyatini berishdir.

 

Ushbu noxush kasallik to‘g‘risida kengroq ommani ogoh qilish uchun dasturni tashqarida ishga tushirish rejalari ham mavjud.

Havolalar

1. Fumery, M et al. Ichak yalliglanishi xastaligi bilan og‘riganda epidemiologiya, turli xavflar va holdan toydirish bilan bog‘liq omillar Rev Prat. 2014-yil noyabri;64(9):1210-5.
2. Kron xastaligi va yo‘gon ichak yallig‘lanishi Kron xastaligi & Amerikada yo‘gon ichak yallig‘lanishini davolash jamg'rmasi vebsayti. http://www.ccfa.org/living-with-crohns-colitis. 2016-yilning 6-mayida kirilgan.