Xalqaro farmatsevtka kompaniyasi sifatida rivojlanish: 2000-yil

Boshqaruv resurslarini farmatsevtika biznesiga yo‘naltirish maqsadida Takeda kompaniyasi 2001-2005-yillarga mo‘ljallangan O‘rta muddatli rivojlanish strategiyasining bir qismi sifatida hayvonlar salomatligini asrovchi dorilar, vitaminlar, uretan kimyoviy moddalari, oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va inson hayoti va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarini sotdi.

Takeda Pharma GmbH va uning to‘liq egalik qilinuvchi ikkita sho‘ba kompaniyasi – Avstriyadagi Takeda Pharma Ges.m.b.H va Shvetsariyadagi Takeda Pharma AG Takeda Europe Holdings B.V. kompaniyasining to‘liq egalik qilunuvchi sho‘ba kompaniyalariga aylandi. Shu yili Takeda korporatsiyasining global ishlab chiqarish tarmog‘ini mustahkamlash uchun Takeda Pharma Ireland Limited kompaniyasi tashkil qilindi. Bu ulkan farmatsevtika zavodi keyinchalik 2009-yili Takeda Ireland Limited kompaniyasiga qo‘shib olindi.

AQShning Syrrx, Inc. bio-korxonasi Takeda korporatsiyasining global R&D tarmog‘iga qo‘shildi va hozir Takeda California, Inc. nomi bilan faoliyat yuritmoqda.
Syrrx o‘sha vaqtda oqsillarni tahlil qilish uchun eng sermahsul rentgen kristallografiyasi texnologiyasiga ega edi va Syrrx kompaniyasining qo‘shib olinishi Takeda korporatsiyasining dorilarni kashf qilish dasturi ilk marta Yaponiyadan tashqariga yoyilishi bo‘ldi.

Rozerem (umumiy nomi: ramelteon) uyqusizlikni standart davolashlarga qaraganda boshqacha ta’sir mexanizmiga ega. U fiziologik tabiiy uyquga yaqin holatni yuzaga keltirish uchun melatonin retseptorlariga ta’sir qiladi. Dori bezovtalikni pasaytirish yoki tinchlantirishsiz uyquni keltirish xususiyatiga ega, shu sababli tadqiqotlar vaqtida u mutlaqo xavfsiz ekani aniqlanishi kutilmoqda.

Takeda Pharmaceuticals Europe Limited Yevropada amaliyotlar o'tkazdii hamda o‘rta va uzoq muddatli istiqbolni mo'ljallab, Yevropa bo‘ylab strategik rejalarini amalga oshirishni tezlashtirdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida Takeda Pharmaceuticals North America va the Takeda Global R&D Center yangi bosh ofislarining qurib birkazilishi Shimoliy Amerikadagi o‘rnimizni mustahkamlashni davom ettirish va AQShdagi amaliyotlarimizni mustahkamlash yo‘lida ajoyib natija bo‘ldi.

Takeda moliyaviy ma’lumotlardan tashqari inson huquqlari, atrof muhit va hamjamiyatlar bo‘yicha tashabbuslarimiz to‘g‘risidagi nomoliyaviy ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi umumlashtirilgan yillik hisobotini e’lon qildi.
Aksiyadorlarga ma’lumotlar imkon qadar to‘liq berilishini kafolatlash uchun KIJ ma’lumotlari kitobi yaratildi. Atrof muhitni muhofaza qilishni hisobga olgan holda KIJ Ma’lumotlari kitobi faqat PDF va elektron kitob formatida mavjud. Qayta nashr qilingan Yillik hisobot KIJ ma’lumotlariga oid qo‘shimcha tafsilotlarni o‘z ichiga oladi: KIJ ma’lumotlari kitobi

Takeda korpopratsiyasi Singapurdagi Paradigm Therapeutics kompaniyasi va uning sho’ba korxonalarini qo‘shib olish orqali ko‘p tarmoqli sanoat tizimlarimizni yanada yaxshiladi. Paradigm Therapeutics Ltd. Kembrij universiteti tadqiqotchilari 1999-yilda tashkil qilgan biotexnologiya korxonasi edi. Paradigm allaqachon Takeda korporatsiyasining muhim davolash sohalarini qamrab oluvchi yangi dorilani kashf qilish nishonlari va birikmalarining istiqbolli ta’minot tizimini ishlab chiqqan edi. Paradigm Therapeutics Ltd. hozir Takeda Cambridge Limited (TCB) va Takeda Singapore Pte. Limited (TSP) nomlari ostida ish olib bormoqda.

Takeda korporatsiyasi ushbu birlashtirish orqali o‘zining AQSHdagi marketing va rivojlantirish funksiyalarini mustahkamladi hamda biznes operatsiyalari samaradorligini yanada oshirdi. Abbott Laboratories bilan kelishuvga ko‘ra, TAP kompaniyasi Takeda korporatsiyasining to‘liq egalik qilinuvchi sho‘ba kompaniyasiga aylandi va Takeda Pharmaceuticals North America, Inc. (TPNA) kompaniyasi bilan birlashtirildi va natijada TAP kompaniyasining ishab chiqish funksiyasi Takeda Global Research & Development Center Inc. (TGRD) bilan qo‘shildi.

Millennium kompaniyasi onkologiya sohasida kuchli R&D tizimiga ega bo‘lgani holda dunyodagi yetakchi biofarmatsevtika kompaniyalaridan biridir. Kompaniya oqsil gomeostazi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari asoschisidir. Millennium va Takeda kompaniyalarining qo‘shimcha kuchlaridan foydalanish orqali biz sezilari o‘zaro hamkorlik, jumladan, Millennium kompaniyasining bilim va texnologiyadagi ustunligi hamda onkologiya sohasidagi tajribasidan manfaatdor ko‘ramiz.

Takeda Pharmaceuticals (Asia Pacific) Pte. Singapurda joylashgan Limited (TPAP) kompaniyasi Avstraliya, Tailand, Filippin, Indoneziya, Hindiston, Malayziya va Singapurdagi strategik va tijoriy operatsiyalar uchun javobgardir. Global rivojlanish tashkilotiga to‘liq integratsiya qilingan Takeda Clinical Research Singapore (hozirgi vaqtda TDC Asia nomi ostida faoliyat olib boradi) onkologik bo‘lmagan klinik ishlanmalar uchun mintaqaviy markaz bo‘lib xizmat qiladi. TDC Asia turli terapevtik sohalardagi birikmalarni o‘z ichiga oluvchi ta’minot tizimi orqali odamlarga innovatsion mahsulotlarni yetkazib berishga intiladi.

Deksilant (umumiy nomi: dekslansoprazol) vaqt o‘tishi bilan dorilarniikki bosqichda sotuvga chiqarishga mo‘ljallangan birinchi proton nasosi ingibitoridir. U oshqozon kislotasi sekretsiyasiga kuchli va barqaror ta’sir qiladi.

Teijin Pharma Limited kompaniyasi kashf qilgan Uloric (umumiy nomi: febuksostat) podagra bilan og‘rigan bemorlarda kuzatiladigan giperurikemiyaga davodir. U siydik kislotasini sintez qiladigan fermentlarni to‘sib qo‘yish orqali podagra bilan og‘rigan giperurikemiyali bemorlarning qonidagi siydik kislotasi miqdorini pasaytiradi.

Takeda Birlashgan Millatlar Tashkiloti "Global shartnoma" dasturining "Inson huquqlari", "Mehnat", "Atrof muhit" va "Korrupsiyaga qarshi kurash" bilan bog‘liq bo‘lgan 10 ta prinsipini qo‘llab-quvvatlaydi va ularni o‘zining biznes faoliyatining barcha jihatlariga singdirdi. Bundan tashqari, Takeda kompaniyasi2009-yili maxsus KIJ tashkilotini tashkil qildi va shu bilan KIJ borasidagi faoliyatini kengaytirdi.

Takeda rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholining sog‘lig‘ini saqlash uchun xalqaro nodavlat tashkilotlar va boshqa guruhlar bilan uzoq muddatli, barqaror hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. "Takeda tashabbusi" 2010-yildan 2019-yilgacha davom etuvchi grant dasturidir. U Afrikaning uchta mamlakatida sog‘liqni saqlash muassasalari imkoniyatlarini rivojlantirishda OITS, sil va bezgakka qarshi kurash jamg‘armasiga (Global jamg‘arma) ko‘maklashadi. Masalan, Nigeriyada 11000 dan ortiq o‘qituvchi 2012-yili "Takeda tashabbusi" qisman moliyalashtirgan dasturlar orqali OITS bo‘yicha treningda qatnashdi/ Ular sa 1,2 milliondan ortiq talabaga OITS to‘g‘risida ta’lim berdi. Bunday faoliyat samarasi o‘laroq, Nigeriyada yoshlar orasida OITV infeksiyasiga ega bo‘lganlar soni kamayib bormoqda.

Takeda butun dunyoda akeda Guruhi kompaniyalari o'z faoliyatida muvofiqlik standartlariga rioya etilishini ta'minlash uchun Takeda Global ahloq kodeksini qabul qildi.

Azilva (umumiy nomi: azilsartan) yangi angiotenzin II retseptorining bloklovchisidir (ARB). U klinik sinovlarda avvalgi ARB'larga nisbatan qon bosimini pasaytirish bo‘yicha o‘ta samarali ekanini ko‘rsatdi.

Shanon ilmiy-tadqiqotlar markazi Kanagava prefekturasdiagi Fujisava va Kamakura shaharlarida joylashgan. Yangi muassasa dorilarni kashf qilishdagi innovatsiyalarni tezlashtirish uchun Osaka va Tsukuba ilmiy-tadqiqot markazlarini Takeda kompaniyasining global ilmiy-tadqiqotlar tarmog‘i yadrosi sifatida birlashtiradi. Markazdagi 1200 ga yaqin tadqiqotchi dorilarni kashf qilish maqsadlari, birikmalarni tanlash uchun dastlabki izlashdan tortib sotuvga chiqarishdan oldingi klinikadan tashqari tadqiqotlargacha bo‘lgan R&D jarayonining turli bosqichlari bo‘yicha ish olib boradi.

Shvetsariyaning Nycomed farmatsevtika kompaniyasini qo‘shib olish 2011-yilning sentabr oyida yakunlandi. Nycomed Yevropa va rivojlanayotgan mamlakatlarda keng faoliyat yuritayotgan kompaniyadir. Birlashish tufayli Takeda o‘z bozorini 70 dan ortiq mamlakatga kengaytirdi va farmatsevtika mahsulotlarini butun dunyo bo‘ylab ko‘proq bemorlar va tibbiyot xodimlariga yetkazib berish uchun sotish tuzilmasi va bilim hamda tajribasini kengaytira oldi.

Takeda korporatsiyasi 2011-yil yanvaridan beri Birlashgan Millatlar Tashkilotining LEAD Global shartnoma dasturi ishtirokchisi sifatida uning inson huquqlari, mehnat standartlari, atrof muhit va korrupsiyaga qarshi kurash kabi sohalarga oid 10 ta prinsipini qo‘llash va ommalashtirish uchun butun dunyo bo‘ylab ko‘p ishlarni qilmoqda.

Takeda kompaniyasi alinamin tabletkalari sotuvidan olingan foydaning bir qismini xayriya qilish orqali Yaponiya sharqida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘lgan hududlarni qayta tiklash ishlariga ko‘maklashib kelmoqda. Guruh boshqa turli hil uzoq muddatli, uzluksiz dasturlarni ham rag‘batlantirmoqda.

So‘nggi yillarda vaksinalar jahon ommasi sog‘lig‘iga ulkan ta’sir o‘tkazib keldi. Takeda o‘zining Yaponiyada 60 yildan beri faol bo‘lib kelgan vaksinalar biznesini global miqyosga rivojlantirishga qaror qildi. 
Vaksinalar biznesi bo‘limi Takeda kompaniyasining Yaponiyada mavjud vaksinalar biznesini rivojlantirish uchun qadamlar qo‘ymoqda. Bunga pediatriya vaksinalarni ishlab chiqish, yangi vaksina nomzodlarini va yangi vaksinalar ishlab chiqarish platformalarini ichki litsenziyalash orqali R&D tizimini yaxshilash borasidagi qadamlar ham kiradi.

・URL Pharma, Inc.: Podagra kasalligini davolash uchun yetakchi mahsulot hisoblangan Kolkris (kolxitsin) ishlab chiqarayotgan dorilarimiz qatoriga qo‘shildi. 
・Multilab Indústria e Comércio de Produtos Farmacêuticos Ltda.: Braziyiya bozoridagi o‘rnimiz va mahsulotlarimiz ro‘yxatini kengaytirib yubordi. 
・LigoCyte Pharmaceuticals, Inc.: Vaksinalarn i ushlab chiqarish va sotish biznesimizni mustahkamladi. (Hozir Takeda Vaccines (Montana), Inc.) 
・Envoy Therapeutics, Inc.: Yangi maqsadlarni aniqlab olishga imkon berish uchun dorilarni kashf qilish platformamizni mustahkamladi.

Takeda atrof muhit, salomatlik va xavfsizlik bo‘yicha global siyosat yaratdi va keng qamrovli tashabbuslarni ilgari surdi. 
EHS bilan bog‘liq harakatlar global hamjamiyatga tegishli turli muammolarni, jumladan, suv resurslaridan foydalanish va bioxilma-xillikni saqlab qolish kabi masalalarni qamrab oladi. Kelajakka mo‘jallangan rejalar Takeda Group ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning amal qilish muddatidagi atrof muhitga ta’sirini baholash va tahlil qilish hamda LIME va boshqa vositalarni chiqitga chiqarishga batafil yondashuv kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.

Retsidivli yoki refraktorli Hodjkin limfomasi va tizimli anaplastik katta hujayra limfomasini davolovchi ushbu dorining litsenziyas Seattle Genetics, Inc. kompaniyasidan sotib olindi va Takeda ularni 2012-yili YeIda va 2014-yili Yaponiyada sotuvga chiqardi. Bunda kam uchrovchi holatlardan aziyat chekuvchi bemorlar uchun ushbu retsept asosida beriluvchi dori yangi davolash opsiyasi bilan ta’minlaydi.

Lotriga (umumiy nomi: Omega-3-kislotasining murakkab etil efirlari 90) Pronova BioPharma ASA kompaniyasidan litsenziyasi sotib olingan, tarkibida omega-3 konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan doridir. U Yaponiyadagi birinchi retsept asosida beriluvchi tarkibida EPK va DGKning ikkalasi ham mavjud bo‘lgan doridir.

Nesina (umumiy nomi: alogliptin benzoat) dorisini Takeda California, Inc. kompaniyasi yaratdi va u insulin ajralib chishni kuchaytiruvchi gormon bo‘lgan glukogonga o‘xshash peptid-1 (GLP-1) ni parchalovchi fermentni (DPP-4) ingibirlash orqali qondagi glyukoza darajasini pasaytirgan holda 2-turdagi diabetni davolaydi.

Ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish prinsiplari (AHIKP) korxonalarga ish joyida ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan prinsiplar to‘plamidir. Ushbu prinsiplar Birlashgan Millatlar Tashkilotining jinsrlar tengligi va ayyorlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish masalalari bo‘yicha agentligi (BMTning ayollar agentligi) bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Global shartnoma" dasturi o‘rtasidagi hamkorlik natijasidir. Takeda 2013-yil dekabrida AHIKP ijroiya direktorning qo‘llab-quvvatlash bayonnomasini imzoladi va ayollarning korporatsiyalar faoliyatida faol qatnashishini rag‘batlantirish tashabbuslarini kuchaytirush uchun yettitta prinsipga amal qilishni rejalashtirmodqa.

Inviragen, Inc. (AQShning Kolorado shtatida joylashgan) qo‘shib olish oqali tirik viruslar va faolsizlantirilgan virusli vaksinalar uchun innovativ ta’minot tizimiga nomzodlar va eng zamonaviy vaksina texnologiyalarini xarid qildik, bu esa global vaksinalar bozoridagi o‘rnimizni mustahkamladi.

Qattiq ruhiy siqilishga qarshi ushbu dori litsenziyasi Daniyaning Lundbeck kompaniyasidan sotib olindi. Trintelleksning ta’sir mexanizmi mavjud dorilarnikidan farq qiladi va shuning uchun ham ko‘pgina bemorlarni ruhiy siqilishini davolashda yordam berishi kutilmoqda. 
* Mahsulot nomi Brintelliksdan Trintelliksga o‘zgartirildi(2016)

Entyvio dorisi ichakning yallig‘lanishi kasalligi bilan og‘rigan, mavjud mahsulotlar bilan davolash yaxshi natija bermagan bemorlarga yangi davolash usulini taqdim etuvchi mutlaqo yangi mahsulotdir. Takeda Entyvio dorisini YeI va AQShda 2014 yil iyunida sotuvga chiqardi.

NINLARO AQShda birinchi proteosoma ingibitori sifatida 2015-yili tasdiqlandi va u ko‘pchilik miyeloma sohasidagi o‘n yillab davom etgan va Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan ilmiy tadqiqotlar natijasidir.