Globallashuv: 1985-1999-yillar

1985-yili Takeda kompaniyasi AQShda Abbott Laboratories kompaniyasi bilan 50:50 nisbatidagi ulushlar bilan TAP Pharmaceuticals Inc. qo‘shma korxonasini tashkil qildi. TAP o‘sha yilning o‘zida prostata saratonini davolashga mo‘ljallangan Lupron® preparati marketingi bilan shug‘ullana boshladi.

Tsukuba Research Laboratories Osakadagi ilmiy-tadqiqotlar markazi bilan birga Takeda kompaniyasining ikkinchi ilmiy-tadqiqot markaziga aylandi. Bu laboratoriyalar eng zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda fundamental tadqiqot ishlarini olib boradi.

Bitta dozasining ta’siri to‘liq bir oyga yetuvchi ushbu preparat Lupron® ning davomchiqi bo‘lgan edi. Hozir u butun dunyo bo‘ylab 80 ga yaqin mamlakatda sotiladi va prostata saratoni xastaligi uchun eng yaxshi standart terapiyadir. Yana 4 oylik Depot (har 4 oyda bitta doza) ham endi AQShda sotilmoqda

Lupron Depot® va Prevacid® ning muvaffaqiyati Takeda kompaniyasiga global farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi sifatidagi o‘rnini mustahkamlashga yordam berdi. Ushbu ikki dorining har biri butun dunyo bo‘ylab 1 mlrd dollardan ortiq miqdorda sotildi va bizga AQSh va Yevropada biznesimizni mustahkamlab olishimizda ko‘maklashdi. Yaqin yillar ichida biz xorijdagi markazlarimizni yangi mashhur dorilarimizga tayyorlash uchun yanada mustahkamladik va biznesimizni yanada kengaytirishni maqsad qildik.

Maxsus sho‘ba kompaniyasi sifatida tashkil qilingan LI Takeda "nogiron ishchilar uchun do‘stona kompaniya bo‘lish" boshqaruv missiyasi ostida ishlaydi. U Yaponiya farmatsevtika sanoatida shunday turdagi birinchi kompaniya bo‘ldi.

Kandesartan gipertoniyani davolashda inqilob yaratmoqda. Butun dunyoning 60 ga yaqin mamlakatida u tibbiyot xodimlari orasida ishonchli dori sifatida shuhrat qozongan.

U farmatsevtika mahsulotlari marketingi bilan shug‘ullanuvchi to‘liq egalik qilinuvchi sho‘ba kompaniyasi sifatida London shahrida tashkil qilindi.

Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavod sifatida Takeda Ireland Limited kompaniyasi Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yevropadagi keskin ortib ketgan talablarni qondirish ustida ish olib bormoqda.

Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Takeda America Research & Development Center Inc. kompaniyasi tashkil qilindi

AQShdagi farmatsevtika biznesimiz uchun Takeda America Holdings, Inc. xolding kompaniyasi tashkil qilindi

Takeda Pharmaceuticals America, Inc. AQShda farmatsevtika mahsulotlari marketingi bilan shug‘ullanuvchi to‘liq egalik qilinuvchi sho‘ba kompaniyasi sifatida keyingi yili insulin sensibilizatori bo‘lgan Actos® tabletkalari marketingini boshladi.

Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Takeda Europe Research & Development Centre Ltd., (hozirgi Takeda Global Research ® Development Centre (Europe), Ltd. ) kompaniyasi Buyuk Britaniyada tashkil qilindi

Actos® insulin qarshiligini yaxshilaydi va qondagi shakar miqdorini pasaytiradi.