Asos solinishi-Zamonaviylashtirilishi: 1781-1944-yillar

Ikki asr avval 1781-yili 32 yashar Chobei Takeda I Yaponiyaning dori vositalarini sotish markazi bo‘lgan Osaka shahrining Doshomachi tumanida an’anaviy yapon va xotiy dori vositalarini sotish bilan shug‘ullana boshladi. Uning kichkina do‘koni ulgurji sotuvchilardan dorilarni sotib olar, keyin ularni maydaroq bo‘laklarga bo‘lar va bu bo‘laklarni mahalliy dori sotuvchilar va shifokorlarga sotar edi. Bu hozirgi Takeda Pharmaceutical Company Limited kompaniyasi faoliyatining boshlanishi bo‘lgan edi.

1852-yil aprelida Chobei III Doshomachi Nakabashisujining janubi-sharqida joylashgan eski uyini buzib tashladi va uning o‘rniga yangi uy va omborxona qurdi. Bu binolar 1927-yili bosh ofis binosi qurilishi boshlangunga qadar, taxminan, 75 yil turib berdi.

Chobei Takeda IV g‘arbda ishlab chiqarilgan dori vositalariga e’tiborini qaratgan holda boshqa chakana dori sotuvchilarni o‘z ortidan ergashtirdi. U Yokogama shahrida g‘arb mamlakatlarida ishlab chiqarilgan dorilarni xarid qilish uchun shirkatlar birlashmasini tashkil qildi va chet el savdo kompaniyalari bilan bitimlar tuzishni boshladi. O‘sha vaqtda g‘arb mamlakatlaridan import qilingan dorilar bezgakka qarshi dori vositasi sifatida qo‘llanilgan xinin hamda vaboga qarshi dori vositasi bo‘lgan fenolni o‘z ichiga olar edi.

Takeda, taxminan, 1895-yili Angliya, AQSh, Germaniya, Ispaniya va boshqa mamlakatlardan dori-darmonni bevosita import qila boshladi va 1907-yilda Germaniyaning Bayer kompaniyasi mahsulotlarini Yaponiya sotish bo‘yicha eksklyuziv huquqni qo‘lga kiritdi. Shunday qilib, Yaponiya va Xitoyning eskicha ko‘rinishdagi dorilarini sotuvchi do‘kon sifatida boshlangan biznes o‘zining asosiy yo‘nalishini G‘arb dorilariga o‘zgartishdan avval tovarlar assortimentidagi G‘arb dorilari ulushini bir tekisda orttirib bordi.

"Shokogigei Naniwa no Sakigake"(Kakinuki Yosuke nashri, Osaka, 1882)

1895-yili kompaniya Osaka shahrida o‘z zavodiga asos solish uchun Uchibayashi dorivor preparatlar kompaniyasini sotib oldi va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchisiga aylandi. Bu zavod vismut subgallat (diareyaga qarshi vosita) va xinin gidroxlorid kabi mahsulotlarni ishlab chiqarar edi.

O'sha paytrlarda Takeda o‘z mahsulotlarini birin-ketin taklif qila boshladi. Ular orasida Calmotin®(og‘riq qoldiruvchi vosita), Novoroform®(analgetik) va Lodinon®(D-glukozaning igna bilan kiritiluvchi shakli) bor edi. Takeda o‘zining farmatsevtika biznesini kengaytirdi va hattoki o‘z mahsulotlarini AQSh, Rossiya va Xitoyga eksport qila boshladi.

Farmatsevtika biznesiga asos solingandan ko‘p o‘tmasdan sinovdan o‘tkazish bo‘limi tashkil qilindi. Ilmiy tadqiqotlar olib borish va yangi farmatsevtika mahsulotlarini yaratish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqotlar bo‘limi ham 1915-yilda tashkil topdi. Bu davrda yaratilgan R&D tizimi Takeda kompaniyasining o‘sishiga asos bo‘lib xizmat qildi.

Doshomachida ayvonlarning qisqarishi va yo‘llarning kengayishi bilan bir qatorda yog‘ochdan yasalgan yo‘lak plitkalari yotqizildi.

Doshomachida ayvonlarning qisqarishi va yo‘llarning kengayishi bilan bir qatorda yog‘ochdan yasalgan yo‘lak plitkalari yotqizildi.

1922-yil (Kompaniya Nakabashisujining chap burchagida aks etgan)
Kasukabe Kasumimira rasmidan (savdo do‘konlari ko‘chasi chizmasi)

Kompaniya kapitali 5,3 million iyenasi bo‘lgan Chobei Takeda & Co., Ltd. korporatsiyasi sifatida ro‘yxatga olindi va Chobei Takeda V uning prezidenti bo‘ldi. Kompaniya alohida shaxs egalik qiluvchi biznesdan R&D, ishlab chiqarish va marketingni birlashtiruvchi zamonaviy korporativ tashkilotga aylandi. Kompaniya 1943-yili o‘z nomini Takeda Pharmaceutical Industries, Ltd. qilib o‘zgartirdi (uning inglizcha nomi 1961-yili Takeda Chemical Industries, Ltd. ga o‘zgartirildi).

Takeda Pharmaceutical Company 1925-yilda Chobei Takeda & Co., Ltd bilan birlashdi va farmatsevtika bo‘limining asosiy zavodiga aylandi.

Ushbu qo‘riqxona butun dunyo bo‘ylab tibbiy qiymatga ega dorivor o‘tlar va o‘simliklarni to‘pladi, o‘stirdi va ulardan foydalandi. Hozirgi vaqtda bog‘da o‘simliklarning 2882 turi, jumladan, yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan o‘simliklarning 104 turi mavjud.

*"Kiotodagi Takeda giyohlar bog‘i" sifatida tashkil qilingan. Uning nomi 1945-yili "Kioto tajriba bog‘i"ga o‘zgartirildi, 1994-yili esa hozirgi nomini oldi.

Mana 60 yildan ortiq vaqtdan beri ushbu institut ilmiy tadqiqotlarga ko‘maklashish uchun mikroogranizmlarni saqlash bilan shug‘ullanib kelmoqda. Bugungi kunda u mikroblar to‘g‘risidagi fanni rivojlantirishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.